Umumiy

KITOBLAR OLAMIGA SAYOHAT - 6-maktab

18 Oct, 2026 41 ko'rildi

 KITOBLAR OLAMIGA SAYOHAT

 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 6-umumiy  o‘rta ta‘lim maktabi kitobxonlari ishtirokida kitoblar olamiga ma’naviy sayohat tashkil etildi.

 Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona muhiti, kitoblarning inson hayotidagi o‘rni va mutolaaning ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kitoblarning sehrli olami, ularning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotiga ta’siri haqida qiziqarli suhbat o‘tkazildi.

 Suhbat davomida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarni bilim olishga rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Kitob — bilim manbai, ma’naviyat chirog‘i va tafakkur qanotidir! Zero, kitob bilan oshno qalb hech qachon ma’naviy boylikdan mahrum bo‘lmaydi.

 Urgut tuman axborot-kutubxona markazi