Umumiy

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Urgut tuman axborot- kutubxona markazida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi

13 Oct, 2026 93 ko'rildi

“Umummilliy diktant”

 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Urgut tuman axborot- kutubxona markazida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan tadbirda axborot-
kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi.
 Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, aholining savodxonlik darajasini mustahkamlash hamda yozma nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
 Diktant jarayonida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, so‘zlarni to‘g‘ri yozish va tinish belgilaridan foydalanish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
 “Umummilliy diktant” loyihasi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan ona tilimizga ehtiromni oshirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biridir.