Xotira — muqaddas, qadr — boqiy
Xotira — muqaddas, qadr — boqiy
Tarixiy xotirani tiklash: Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ma’rifatparvar ajdodlarimiz, jadidlar hamda qatag‘on qurbonlarining boy merosini o‘rganish.
Kitobxonlikni targ‘ib qilish: Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy va ilmiy-tarixiy adabiyotlar, arxiv hujjatlari hamda manbalar bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish.
Yoshlar tarbiyasi: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik, shukronalik va tarixga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash.
Tadbir davomida
Davra suhbatida ishtirok etgan kitobxonlar va mutaxassislar qatag‘on davri fojialari, millat fidoyilarining matonati hamda ularning bugungi tinch va osuda kunlarimizga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha fikr almashdilar. Shuningdek, tadbir doirasida "Xotira — muqaddas, qadr — boqiy" mavzusida kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilarga tuman axborot-kutubxona markazi fondidagi mavzuga oid adabiyotlar namoyish etildi.