Kitob tavsiyasi

Qimmatga tushgan xato - Komil Sindarov

06 Oct, 2026 49 ko'rildi

«Qimmatga tushgan xato» —

har bir kitobxon javonida bo‘lishi kerak bo‘lgan zamonaviy o‘zbek detektivi!
​Komil Sindarovning ushbu asari o‘quvchini birinchi sahifadanoq sirli va shiddatli voqealar burimiga tortib ketadi. Yuqori saviyada yozilgan ushbu detektiv asar milliy adabiyotimizda zamonaviy psixologik va huquqiy detektiv janri qanchalik rivojlanayotganini ko‘rsatib beradi
​Hayotiy va o‘tkir syujet: Inson tomonidan yo‘l qo‘yilgan bitta yanglish qadam va kutilmagan xatoning fojeali oqibatlari juda ta'sirli va haqqoniy tasvirlangan.
​Tergov sirlari va psixologizm: Jinoyat ustida ishlayotgan tergovchining mantiqiy fikrlashi, dalillarni zanjir kabi bog‘lashi va inson ruhiyatidagi murakkab kechinmalar mahorat bilan ochib berilgan.
Tilining ravonligi va voqealar rivojining tezligi sababli kitobni bir nafasda o‘qib chiqasiz.