Umumiy

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va ota-onalari ustozlari boshchiligida tashrif buyurdi

01 Oct, 2026 76 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va ota-onalari ustozlari boshchiligida tashrif buyurdi. Tashrif buyurgan mehmonlar kutubxonada yaratilgan sharoitlar va boy kitob fondi bilan yaqindan tanishib, o‘zaro muloqot va qizg‘in taassurotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlod qalbida kitobga va ilm yo‘lida xizmat qilayotgan zotlarga bo‘lgan xurmat-ehtiromni yanada mustahkamlaydi. 

Fursatdan foydalanib, barcha o‘qituvchi va murabbiylarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!  Sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda hamisha zafarlar yor bo‘lsin!