Umumiy

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni - 54-maktab

01 Oct, 2026 86 ko'rildi

 Ustozga ehtirom — azaliy qadriyat!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazi chinakkam bayram shukuhiga aylandi. Bu qutlug‘ ayyomda 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, ularning zahmatkash ustozlari hamda ota-onalari ziyo maskanimizga tashrif buyurib, o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi. 
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan va ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtiromni aks ettirgan boy va mazmunli bayram dasturi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi va barchaga quvonch bag‘ishladi.