Umumiy
1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib bayram dasturi boʻlib oʻtdi
30 Sep, 2026
90 ko'rildi
«Ustozim — hayotimdagi nur»
Bugun 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib bayram dasturi boʻlib oʻtdi.
Oʻquvchilar oʻzlarining samimiy sheʼrlari, goʻzal kuy-qoʻshiqlari va dildan tayyorlagan sahna koʻrinishlari orqali zahmatkash ustozlariga boʻlgan yuksak hurmat va cheksiz mehrlarini izhor etdilar. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir barchaga unutilmas lahzalar ulashdi.
Qalbi daryo, mehnati beminnat aziz ustozlarimiz, bayramingiz muborak boʻlsin!
M. Safoyeva