Umumiy

1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib bayram dasturi boʻlib oʻtdi

30 Sep, 2026 81 ko'rildi

«Ustozim — hayotimdagi nur»
​Bugun 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib bayram dasturi boʻlib oʻtdi.
​Oʻquvchilar oʻzlarining samimiy sheʼrlari, goʻzal kuy-qoʻshiqlari va dildan tayyorlagan sahna koʻrinishlari orqali zahmatkash ustozlariga boʻlgan yuksak hurmat va cheksiz mehrlarini izhor etdilar. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir barchaga unutilmas lahzalar ulashdi.

​Qalbi daryo, mehnati beminnat aziz ustozlarimiz, bayramingiz muborak boʻlsin! 

M. Safoyeva