Umumiy

1-oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 156-maktab o‘quvchilari ishtirokida mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi davra suhbati tashkil etildi

30 Sep, 2026 83 ko'rildi

 1-OKTABR — O‘QITUVCHILAR VA MURABBIYLAR KUNI

 1-oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 156-maktab o‘quvchilari ishtirokida mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi davra suhbati tashkil etildi.
 Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi fidokorona mehnati haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilar o‘z ustozlariga samimiy tilak va minnatdorliklarini izhor etdilar.
 Tadbirning badiiy qismida o‘quvchi qizlar tomonidan ijodiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etilib, bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi.
 Ustozlarga atalgan samimiy so‘zlar, dilbar kuy-qo‘shiqlar va chiroyli raqslar orqali o‘quvchilar o‘zlarining mehr va hurmatlarini namoyon etdilar.
 Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!