Umumiy

URGUT TUMANI TASHKIL TOPGAN KUNIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI

29 Sep, 2026 90 ko'rildi

 URGUT TUMANI TASHKIL TOPGAN KUNIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI

Urgut tumanining tashkil topgan kuni munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 Ko‘rgazmadan Urgut tumanining tarixi, madaniyati, qadimiy obidalari, tabiati, mashhur siymolari va bugungi taraqqiyoti haqida ma’lumot beruvchi adabiyotlar hamda tarixiy manbalar o‘rin oldi.
 Ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — kitobxonlarga ona yurtimiz, xususan, Urgutning boy tarixi va betakror madaniy merosi haqida yanada kengroq ma’lumot berish, yosh avlodda tarixiy xotira va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.
 Tarixini bilgan avlod — kelajagini yanada ishonch bilan quradi!
 Urgut tumani tashkil topgan kun muborak bo‘lsin!