Umumiy
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 156-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi - 29.09
29 Sep, 2026
95 ko'rildi
Kutubxona bo‘ylab sayohat
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 156-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar axborot-kutubxona markazining faoliyati, bo‘limlari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kutubxonada mavjud turli janr va mavzulardagi adabiyotlar namunalari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
Bibliografiya xizmati xonasiga tashrif davomida esa yosh kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, adabiyotlar va mutolaa imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘quvchilar axborot-kutubxona markaziga a‘zo bo‘lib, o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilishga oldilar.