Umumiy
Urgut tuman axborot- kutubxona markazida 24-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi
18 Sep, 2026
97 ko'rildi
Kutubxona bo‘ylab sayohat
Urgut tuman axborot- kutubxona markazida 24-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar axborot-kutubxona markazining faoliyati, bo‘limlari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kutubxonada mavjud turli janr va mavzulardagi adabiyotlar namunalari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
Bolalar xonasiga tashrif davomida esa yosh kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, bolalar adabiyotlari va mutolaa imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘quvchilar axborot-kutubxona markaziga a‘zo bo‘lib,o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilishga oldilar.