Umumiy

Urgut tuman axborot- kutubxona markazida 24-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi

18 Sep, 2026 92 ko'rildi

 Kutubxona bo‘ylab sayohat

Urgut tuman axborot- kutubxona markazida  24-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
 Ekskursiya davomida o‘quvchilar axborot-kutubxona markazining faoliyati, bo‘limlari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
 Shuningdek, kutubxonada mavjud turli janr va mavzulardagi adabiyotlar namunalari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
 Bolalar xonasiga tashrif davomida esa yosh kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, bolalar adabiyotlari va mutolaa imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘quvchilar axborot-kutubxona markaziga a‘zo bo‘lib,o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilishga oldilar.