Umumiy
Abdulla Qahhor (1907–1968) tavallud topgan kunga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
17 Sep, 2026
105 ko'rildi
Tavallud topgan kun
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor (1907–1968) tavallud topgan kunga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda kutubxona xodimlari, yosh kitobxonlar ijodkorning boy adabiy merosini yodga oldilar. So‘zga chiqqanlar Abdulla Qahhorning ixcham va o‘tkir syujetli hikoyalari, adabiyotimizda tutgan o‘rni hamda so‘z qo‘llashdagi yuksak mahoratini ta’kidlab o‘tdilar. Ishtirokchilar adib asarlari va uning hayot yo‘li haqida o‘zaro fikr almashib, savol-javoblarda faol qatnashdilar. Shuningdek, tadbir davomida Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasi asosida tayyorlangan buktreyler namoyish etildi. Tadbir barchaga katta taassurot qoldirdi