ABDULLA QAHHOR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI
bibliografiya_xizmati
ABDULLA QAHHOR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yorqin siymosi, atoqli yozuvchi Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan chiroyli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning turli yillarda chop etilgan nodir asarlari — "Sarob" romani, "Anor", "O‘tmishdan ertaklar", "O‘g‘ri" kabi mashhur hikoya va qissalari hamda yozuvchi hayoti va ijodiga oid qimmatli suratlardan namunalar o‘rin olgan.
"Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas."
— Abdulla Qahhor
Barcha kitobxonlarimiz va adabiyot ixlosmandlarini ushbu ko‘rgazma bilan tanishishga taklif etamiz!
M. Safoyeva
Manzil: Urgut tuman axborot-kutubxona markazi.