Umumiy

ABDULLA QAHHOR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI

17 Sep, 2026 94 ko'rildi

bibliografiya_xizmati
ABDULLA QAHHOR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI
​Urgut tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yorqin siymosi, atoqli yozuvchi Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan chiroyli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
​Ko‘rgazmada adibning turli yillarda chop etilgan nodir asarlari — "Sarob" romani, "Anor", "O‘tmishdan ertaklar", "O‘g‘ri" kabi mashhur hikoya va qissalari hamda yozuvchi hayoti va ijodiga oid qimmatli suratlardan namunalar o‘rin olgan.

​"Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas."
— Abdulla Qahhor

​Barcha kitobxonlarimiz va adabiyot ixlosmandlarini ushbu ko‘rgazma bilan tanishishga taklif etamiz!
M. Safoyeva
​Manzil: Urgut tuman axborot-kutubxona markazi.