Umumiy

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan SamDPI Urgut fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

16 Sep, 2026 70 ko'rildi

16-SENTABR — XALQARO OZON QATLAMINI MUHOFAZA QILISH KUNI

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan SamDPI Urgut fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
 Tadbir davomida ozon qatlamining Yer sayyorasidagi hayot uchun ahamiyati, uni yemiruvchi omillar, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida fikr almashildi.
 Suhbat davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, tabiatni asrash, atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish va ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Musaffo osmon, sog‘lom muhit va yashil kelajak — barchamizning umumiy maqsadimiz!