Umumiy

Agata Kristi tavalludining 136 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

15 Sep, 2026 89 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida ingliz yozuvchisi, jahon detektiv adabiyotining yorqin vakili Agata Kristi (1890–1976) tavalludining 136 yilligi munosabati bilan "Detektiv janri sirlari va Agata Kristi olami" nomli ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari, faol kitobxonlar, yoshlar  ishtirok etishdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi kitobxonlikni targ‘ib qilish, yosh avlodda mantiqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. 
Tadbir davomida ishtirokchilar yozuvchining hayoti va ijod yo‘li, uning dunyo adabiyotida tutgan o‘rni hamda mashhur kashshof obrazlari — Erkyul Puaro va Miss Marplning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, kutubxona fondidan o‘rin olgan Agata Kristi asarlari asosida vertual ko‘rgazma tashkil qilindi .