Umumiy

Urgut tuman axborot- kutubxona markazida 35-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi

14 Sep, 2026 80 ko'rildi

 Kutubxona bo‘ylab sayohat

Urgut tuman axborot- kutubxona markazida 35-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
 Ekskursiya davomida o‘quvchilar axborot-kutubxona markazining faoliyati, bo‘limlari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
 Shuningdek, kutubxonada mavjud turli janr va mavzulardagi adabiyotlar namunalari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
 Bolalar xonasiga tashrif davomida esa yosh kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, bolalar adabiyotlari va mutolaa imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘quvchilar axborot-kutubxona markaziga a‘zo bo‘lib,o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilishga oldilar