Umumiy

“OCHIQ ESHIKLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA 95-MAKTAB OʻQUVCHILARI ISHTIROKIDA EKSKURSIYA

11 Sep, 2026 96 ko'rildi

“OCHIQ ESHIKLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA 95-MAKTAB OʻQUVCHILARI ISHTIROKIDA EKSKURSIYA

“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 95-maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
 Ekskursiya davomida o‘quvchilar axborot-kutubxona markazining faoliyati, bo‘limlari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
 Shuningdek, kutubxonada mavjud turli janr va mavzulardagi adabiyotlar namunalari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
 Bolalar xonasiga tashrif davomida esa yosh kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, bolalar adabiyotlari va mutolaa imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
 Ekskursiyaning yana bir qismi zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan tanishishga bag‘ishlandi. O‘quvchilar kompyuterlardan foydalanish jarayonida ishtirok etib, axborot-kutubxona markazidagi zamonaviy texnologik imkoniyatlar bilan tanishdilar.