Umumiy

Ochildi Qo‘ysunning “Yog‘du” nomli yangi to‘rtliklar to‘plami taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

11 Sep, 2026 75 ko'rildi

Ochiq eshiklar haftaligi 
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida shoir Ochildi Qo‘ysunning “Yog‘du” nomli yangi to‘rtliklar to‘plami taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda adabiyotshunoslar, kitobxonlar hamda ijodkorlar jam bo‘lib, yangi nashr etilgan kitobning mazmun-mohiyati va badiiy qimmati haqida atroflicha fikr almashdilar.
Adabiyot — inson naslini tarbiyalaydigan, qalblarni gunohlardan poklaydigan va ma’naviyatni yuksaltiruvchi ulkan maktabdir. 📖
To‘plamdagi to‘rtliklar Sharq adabiyotiga xos bo‘lgan ruboiy, hikmatli baytlar va mumtoz poeziya an’analarini davom ettirgan holda, mitti shaklda katta ma’nolarni ifodalashga qaratilgan.
Asosiy mavzular: Asarda inson hayoti, axloqiy kamolot, iymon, sabr, poklik, ixlos va taqvo kabi umuminsoniy hamda tasavvufiy masalalar badiiy-falsafiy mushohada