Umumiy
Ochiq eshiklar haftaligi doirasida tadbir tashkil etildi
11 Sep, 2026
101 ko'rildi
Ochiq eshiklar haftaligi doirasida
Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, savodxonlik darajasini oshirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi .
Axborot-kutubxona markazi xodimlari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, faol kitobxonlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida Xalqaro savodxonlik kunining kelib chiqish tarixi va ahamiyati haqida ma’ruza, badiiy asarlar tahlili hamda mutolaa bo‘yicha interaktiv viktorina o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga kutubxona fondidagi eng saralangan va yangi kelgan adabiyotlar ko‘rgazmasi taqdim etildi.