Umumiy

“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida SamDPI Urgut fakulteti talabalari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi

10 Sep, 2026 75 ko'rildi

“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida ekskursiya

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida SamDPI Urgut fakulteti talabalari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning faoliyati va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Adabiyotlar fondi — kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, ularning yo‘nalishlari va kitobxonlar foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
🔎 Bibliografiya xonasi — kerakli adabiyot va axborotlarni izlash, bibliografik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari namoyish etildi.
Kompyuter texnologiyalari — zamonaviy kompyuter texnikalari hamda raqamli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
 Mazkur ekskursiya talabalarni kutubxona faoliyatiga yanada jalb etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.