Umumiy

“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida SamDPI Urgut fakulteti talabalari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi

10 Sep, 2026 76 ko'rildi

“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida davra suhbati

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida SamDPI Urgut fakulteti talabalari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
 Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ta’lim va kutubxona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
 Talabalar kutubxonaning mavjud imkoniyatlari, elektron resurslari va adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
 Bunday uchrashuvlar yoshlarni kitobga, ilmga va yangi bilimlarni egallashga yanada rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.