Umumiy

Ochiq eshiklar haftaligi doirasida "Jaholatga qarshi ma’rifat " mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

09 Sep, 2026 95 ko'rildi

Jaholatga qarshi ma’rifat

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Ochiq eshiklar haftaligi doirasida "Jaholatga qarshi ma’rifat " mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatining asosiy maqsadi – yoshlar ongida ma’naviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.  So‘zga chiqqanlar jaholatning salbiy oqibatlari, ma’rifatning esa inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning boy ma’naviy merosi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek,kitob mutolaasining ahamiyati, axborot xurujlariga qarshi kurashishda bilim va tafakkurning o‘rni haqida fikr bildirildi.
Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.