Kitob tavsiyasi

Bogomil Raynovning “Mening noma’lum sohibjamolim” asari

08 Sep, 2026 110 ko'rildi

 KITOB TAVSIYASI
Bugun sizlarga bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning “Mening noma’lum sohibjamolim” asarini tavsiya qilamiz. 
Bu asar muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif unda g‘arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, insonlarning intilishlari va kamchiliklarini ochib beradi.
 O‘z muhabbati uchun uzoq kurashgan, ammo sevganiga yetisha olmagan yigit taqdiri orqali hikoya qilinadigan ushbu kitob sizni o‘ylantiradi va ta’sirlantiradi.
 Agar siz muhabbat, hayot va insoniy kechinmalar haqidagi mazmunli asarlarni yoqtirsangiz, “Mening noma’lum sohibjamolim” siz uchun ajoyib tanlov bo‘lishi mumkin.
 Muallif: Bogomil Raynov
 Janr: Qissa
 Nashr yili: 2020
 Mutolaa qilishga tavsiya etamiz!
Bibliografiya xizmati
N. Olimova