"Tarixga sayohat" (7+)
KITOB TAVSIYASI: "Tarixga sayohat" (7+)
Kichik kitobxonlar va dunyo moʻjizalariga qiziquvchi bolajonlar uchun ajoyib ensiklopediya!
Ushbu kitob bolalarni qadimgi sivilizatsiyalar, buyuk shaxslar va tarixiy obidalar dunyosiga sayohatga chorlaydi. Rang-barang tasvirlar hamda sodda dilda yozilgan maʼlumotlar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga, tarixdan ilk tushunchalarni oson egallashiga yordam beradi.
Kitob ichidan nimalar oʻrin olgan?
Buyuk tarixiy shaxslar: Sarkardalar, kashfiyotchilar va jahon tarixida iz qoldirgan insonlar hayoti.
Afsonaviy manzilgohlar: Qadimgi shahar va sivilizatsiyalarning qiziqarli sirlari.
Moʻjizaviy inshootlar: Dunyoning turli chekkalaridagi mashhur inshootlar hamda madaniy yodgorliklar.
Kimlar uchun?
7 yoshdan oshgan, dunyoni kashf etishni va sayohat qilishni yaxshi koʻradigan barcha oʻquvchilar uchun moʻljallangan.
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi
M. Namozova