Umumiy

“OCHIQ ESHIKLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA EKSKURSIYA

07 Sep, 2026 106 ko'rildi

 “OCHIQ ESHIKLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA EKSKURSIYA

“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Qalqon jasorat maktabi o'quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
 Ekskursiya davomida qatnashchilar kutubxonadagi kitoblar va adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar, turli mavzulardagi nashrlarni ko‘zdan kechirdilar.
 Shuningdek, ular kutubxonada mavjud zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish jarayonida ishtirok etib, elektron resurslar va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
 Mazkur ekskursiya yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.