Umumiy

“OCHIQ ESHIKLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA DAVRA SUHBATI

07 Sep, 2026 105 ko'rildi

“OCHIQ ESHIKLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA DAVRA SUHBATI

Bugun, 7-sentabr kuni Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida kitob mutolaasi mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
 Davra suhbatida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati, kitob o‘qishning inson tafakkuri va dunyoqarashiga ta’siri haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kitobning bilim va ma’naviyat manbai ekani, muntazam mutolaa qilish insonning ma’naviy olamini boyitishi hamda hayotga bo‘lgan qarashlarini kengaytirishi haqida fikrlar bildirildi.
Kitob — bilim manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘l!