123-maktabda kitoblar olamiga sayohat!
bibliografiya_xizmati
123-maktabda kitoblar olamiga sayohat!
Bugun "Ochiq eshiklar haftaligi" doirasida 123-sonli maktabda Axborot-kutubxona markazining Bibliografiya xizmati tomonidan taʼsirli va mazmunli kitoblar koʻrgazmasi hamda badiiy adabiyotlarga bibliografik sharh tashkil etildi.
✨ Tadbirkorlik va ezgulik kaliti — kitobda!
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad:
Oʻquvchilarda mutolaaga boʻlgan mehr va qiziqishni oshirish;
Badiiy adabiyotlarning inson hayoti va maʼnaviyatidagi oʻrnini koʻrsatib berish;
Yoshlarni har tomonlama komil inson boʻlib yetishishiga koʻmaklashish.
Badiiy asarlar bilan tanishgan oʻquvchilarning koʻzlaridagi qiziqish va intilish bugungi kunning eng katta yutugʻi boʻldi.
Kitob oʻqing — olamni va oʻzingizni kashf eting!