Umumiy

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 60-DMTT tarbiyalanuvchilari bilan ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda tantanali tadbir tashkil etildi

30 Aug, 2026 95 ko'rildi

MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘, ENG AZIZ NE’MAT!
 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 60-DMTT tarbiyalanuvchilari bilan ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda tantanali tadbir tashkil etildi.
 Tadbir davomida jajji tarbiyalanuvchilarimiz Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini o‘zlarining chiroyli chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari, raqs hamda sahna ko‘rinishlari orqali namoyon etdilar.
 Bolajonlar tomonidan ijro etilgan Vatan, ona yurt, tinchlik va istiqlol haqidagi she’rlar va kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ularning beg‘ubor qalbidan yangragan Vatan haqidagi dil so‘zlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
 Bizning jajji avlodimiz — O‘zbekistonning porloq kelajagi! Ularning yuzidagi tabassum, qalbidagi Vatanga bo‘lgan mehr va ko‘zlaridagi quvonch biz uchun eng katta bayramdir.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!