Umumiy

60-DMTT jajji malikalar va murg‘ak qalblar kutubxonamiz mehmoni bo‘ldi!

30 Aug, 2026 102 ko'rildi

60-DMTT jajji malikalar va murg‘ak qalblar kutubxonamiz mehmoni bo‘ldi! 
Bugun Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haqiqiy bayramona va quvnoq muhit hukmronlik qildi. Bizga 60-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining quvnoq tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
Jajji bolajonlar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va sarguzashtlarga boy ekskursiya uyushtirildi. Ular ilm maskanidagi rang-barang kitoblar olami va ertaknamo burchaklar bilan tanishib, o‘zgacha taassurot oldi.
Bunday uchrashuvlar bolajonlarda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish hamda ularning maʼnaviy olamini boyitishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Kutubxonamiz eshigi barcha bilim izlovchilar va murg‘ak qalblar uchun har doim ochiq!