Umumiy
Bugun kitob ushlagan kichik qo‘llar — ertaga buyuk kelajakni yaratadi!
27 Aug, 2026
109 ko'rildi
Bugun kitob ushlagan kichik qo‘llar — ertaga buyuk kelajakni yaratadi!
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida kitobxonlik targ‘iboti.
Yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish va mutolaa madaniyatini ilk yoshdan shakllantirish maqsadida 60-sonli DMTTda “Kitob — xazina, bilim — boylik” mavzusida ma’rifiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Intellektual muloqot: Bolajonlarga mutolaaning inson kamolotida tutgan o‘rni tushuntirildi.
Tavsiyalar: Bolalarning psixologik va yosh xususiyatlariga mos badiiy-illyustratsion adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Targ‘ibot: Kichkintoylar markazimiz imkoniyatlaridan unumli foydalanishga hamda mutolaani kunlik odatga aylantirishga chorlandi.