Kitob tavsiyasi

DO‘ST ORTTIRISH VA ODAMLARGA TA’SIR O‘TKAZISH

25 Aug, 2026 139 ko'rildi

 DO‘ST ORTTIRISH VA ODAMLARGA TA’SIR O‘TKAZISH 

Xususida Deyl Karnegining mashhur asari insonlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish, do‘st orttirish va muloqotda ta’sirchan bo‘lish sirlarini ochib beradi. Kitobda odamlarni tushunish, ularning qalbiga yo‘l topish, samimiy muloqot qilish, yaxshi taassurot qoldirish hamda turli vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutish haqida qimmatli fikrlar berilgan. Kitob sizga: — insonlar bilan samarali muloqot qilishni; — do‘stona munosabatlarni mustahkamlashni; — boshqalarning ishonchini qozonishni; — fikringizni muloyim va ta’sirchan yetkazishni; — shaxsiy va professional munosabatlarda muvaffaqiyatga erishishni o'rgatadi.  Har bir sahifasi kundalik hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali maslahatlar va hayotiy kuzatuvlarga boy. Yaxshi munosabat — katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
 O‘qing, o‘rganing va muloqotdagi kuchingizni yanada rivojlantiring!
Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati I.Radjabova