Umumiy

“BIZ — KITOBXON OILAMIZ!” RESPUBLIKA TANLOVINING URGUT TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI

14 Aug, 2026 150 ko'rildi

“BIZ — KITOBXON OILAMIZ!” RESPUBLIKA TANLOVINING URGUT TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va aholi o‘rtasida kitobga mehrni keng targ‘ib etish maqsadida “Biz — kitobxon oilamiz!” respublika tanlovining Urgut tuman bosqichi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urgut tuman bo‘limi,  tuman Mahallalar uyushmasi, Xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Urgut tuman bo‘limi hamda Urgut tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etildi.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra:

 I o‘rin — Buloqboshi MFY Yarashevlar oilasi
 II o‘rin — Kamardon MFY Sayfiyevlar oilasi
III o‘rin — Dehqonobod MFY Xudoynazarovlar oilasi

I o‘rinni qo‘lga kiritgan Buloqboshi MFY da istiqomat qiluvchi Yarashevlar oilasiga tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.