Umumiy

“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

13 Aug, 2026 102 ko'rildi

Yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. 
 Tadbirda:
Samarqand viloyat  fermerlar kengashi raisi A.Rabbimov ,Urgut tuman hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Ashrapov hamda soha fidoiylari yoshlar bilan muloqot qildi.
Axborot asrida milliy o‘zlikni saqlash va kitobxonlikning o‘rni muhokama etildi. 
 Urgut tuman axborot-kutubxona markazi direktori Z. Murtazoyeva ochib bergan davra suhbati,
samimiy savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy o‘tgan uchrashuv so‘ngida kutubxona fondini boyitish maqsadida 20 dona kitob sovg‘a qilindi.Tashrif buyurganlar  kutubxonaning yangi adabiyotlar fondi bilan tanishdi.