Umumiy
Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarida aks etgan falsafiy va axloqiy g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan adabiy kecha tashkil etildi
13 Aug, 2026
111 ko'rildi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda SamDPI Urgut fakulteti hamkorligida “Yoshlar kuni” doirasida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarida aks etgan falsafiy va axloqiy g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda fakultet dotsenti Akbarxon Asrorov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida buyuk mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, insonparvarlik, ezgulik, komillik va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan shoirlar ijodidan namunalar o‘qilib, ularning asarlaridagi ibratli g‘oyalar keng yoritildi.