Umumiy

Yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13 Aug, 2026 140 ko'rildi

Yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 
Tadbirda:
Taniqli olimlar, ijodkorlar va soha fidoiylari yoshlar bilan muloqot qildi. 
SamDPI Urgut filiali dotsenti Akbar Asrorov ilm olish va ma’naviy burch haqida ma’ruza qildi. 
Axborot asrida milliy o‘zlikni saqlash va kitobxonlikning o‘rni muhokama etildi. 
Urgut tuman axborot-kutubxona direktori:
“Zamonaviylik — faqat texnologiya emas, balki teran fikrlash, yuksak ma’naviyat va bilimga intilishdir.” 
Samimiy savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy o‘tgan uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar kutubxonaning yangi adabiyotlar fondi bilan tanishdilar.