Yoshlar va viloyat Fermerlar kengashi raisi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar va viloyat Fermerlar kengashi raisi Aziz Ashrapov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning qishloq xo'jaligiga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda sohada mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumot berishdan iborat bo'ldi.
Davra suhbati davomida fermerlik faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, bandlikni ta‘minlash masalalari muhokama qilindi.
Fermerlar kengashi raisi yoshlarni innovatsion g'oyalarni amalga oshirishga, yer resurslaridan oqilona foydalanishga va qishloq xo'jaligida zamonaviy bilimlarni egallashga chaqirdi. Shuningdek, kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yig‘ilganlarga estalik sovg‘alari ulashdi.
Davra suhbati ochiq va samimiy muloqot ruhida o'tib, yoshlar hamda Fermerlar kengashi o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.