"Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni" munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi
Yoshlar kuni
2026-yil 6-avgustda "Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni" munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi AKT mutaxassisi S. Baxriddinov so‘zga chiqib, ChatGPT, Gemini kabi sun'iy intellekt vositalaridan ta'lim va ish faoliyatida samarali foydalanish, tahliliy hisobotlar hamda taqdimotlar tayyorlash imkoniyatlari haqida amaliy tavsiyalar berdi. Shuningdek, sun'iy intellektning bugungi kundagi ahamiyati, undan to‘g‘ri va mas'uliyatli foydalanish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng "DEVOPS IT CENTER" mutaxassisi D. Xamroqulov so‘z olib, "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida fikr bildirib, zamonaviy kasblar, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda yoshlarning innovatsion texnologiyalarga qiziqishini oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.