Umumiy

Ko‘zmunchoq NMTT jajji malikalar va murg‘ak qalblar kutubxonamiz mehmoni bo‘ldi!

30 Jul, 2026 20 ko'rildi

Ko‘zmunchoq NMTT jajji malikalar va murg‘ak qalblar kutubxonamiz mehmoni bo‘ldi! 
Bugun Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haqiqiy bayramona va quvnoq muhit hukmronlik qildi. Bizga "Ko‘zmunchoq" nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining quvnoq tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
Jajji bolajonlar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va sarguzashtlarga boy ekskursiya uyushtirildi. Ular ilm maskanidagi rang-barang kitoblar olami va ertaknamo burchaklar bilan tanishib, o‘zgacha taassurot oldi.
Shundan so‘ng kutubxona xodimlarimiz tomonidan bolajonlarga mehr bilan tayyorlangan maxsus videolar namoyish etildi hamda jonli tarzda qiziqarli ertaklar o‘qib berildi.
Eng qiziqarli jarayon esa xalqimizning sevimli ertaklari – "Zumrad va Qimmat" namunasida davom etdi. Ertak qahramonlari misolida bolajonlar bilan samimiy davra suhbati uyushtirilib, yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va odob-axloq haqida qiziqarli tushunchalar berildi. Jajji mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, faol qatnashdi.
Bunday uchrashuvlar bolajonlarda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish hamda ularning maʼnaviy olamini boyitishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Kutubxonamiz eshigi barcha bilim izlovchilar va murg‘ak qalblar uchun har doim ochiq!