Bola va pul - Gʻiyosiddin Yusuf
tavsiya
BOLA VA PUL
Muallif: G‘iyosiddin Yusuf
Farzandingiz pulning qadrini bugun o‘rgansa, ertaga moliyaviy jihatdan mustaqil va mas'uliyatli inson bo‘lib ulg‘ayadi.
"Bola va pul" kitobi bolalarga pul nima ekanligi, uni qanday topish, tejash, oqilona sarflash va moliyaviy mas'uliyatni sodda hamda qiziqarli usulda tushuntiradi.
Kitobda bolalarni o‘ylantiradigan savollar, hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar orqali moliyaviy savodxonlikning ilk qadamlari o‘rgatiladi.
Ushbu kitob orqali bolalar:
Pulning qadrini anglaydi.
Jamg‘arma qilish odatini shakllantiradi.
Xarid qilishda to‘g‘ri tanlov qilishni o‘rganadi.
Kelajak uchun mas'uliyatli moliyaviy fikrlashni rivojlantiradi.
Farzandingizga eng qimmat sovg‘a — pul emas, balki uni to‘g‘ri boshqarish bilimidir. Ushbu kitob esa ana shu bilim sari ilk qadamlardan biridir.
Urgut tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin.
AKT xizmati