24-IYUL — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TAVALLUD KUNI
bibliografiya_xizmati
Bilim_ekspeditsiyasi
24-IYUL — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TAVALLUD KUNI
Bugun, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzining tavallud topgan kunini nishonlamoqda.
Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida olib borilayotgan ulkan islohotlar, oqilona va odilona siyosat davlatimiz rahbarining fidokorona mehnatlari mahsulidir.
Shu munosabat bilan kutubxonamizda Davlatimiz rahbarining hayoti, faoliyati hamda asarlariga bagʻishlangan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni" nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada Prezidentimiz qalamiga mansub asarlar, maʼruzalar toʻplamlari, davlatimiz taraqqiyot strategiyasiga oid muhim nashrlar hamda Shavkat Mirziyoyev faoliyatini yorituvchi manbalar oʻrin olgan.
M. Safoyeva