"Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
"Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Markazimizda "Yoshlar kuni" doirasida "Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" mavzusida Urgut tuman Fermerlar kengashi raisi Nazarov Abror Abduvosiyevich va yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarning agrar sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy dehqonchilik va fermerlik faoliyatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda yosh fermerlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning agrar sohadagi faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda kelgusida malakali va tashabbuskor fermerlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.