Umumiy

Asad Dilmurodning tavallud kuni munosabati bilan adibning boy ijodiy merosiga bagʻishlangan maxsus kitob koʻrgazmasi tashkil etildi!

21 Jul, 2026 17 ko'rildi

#kitob_koʻrgazma
Tarix va falsafani qalamiga boʻysundirgan adib xazinasi...
​Bugun betakror isteʼdod sohibi, yozuvchi Asad Dilmurodning tavallud kuni munosabati bilan adibning boy ijodiy merosiga bagʻishlangan maxsus kitob koʻrgazmasi tashkil etildi!
​Bir ijodkor dunyosiga shuncha koʻp va rang-barang asarlar qanday sigʻdi ekan? Ushbu koʻrgazma orqali yozuvchining qalamiga mansub boʻlgan oʻnlab nodir asarlar, tarixiy romanlar va falsafiy qissalar olamiga unutilmas virtual va haqiqiy sayohat qilishingiz mumkin. Har bir sahifa ortida yashiringan sirli dunyo sizni kutmoqda.
​Mutolaa zavqini his etish va adibning sermahsul ijod ummoniga shoʻngʻish uchun barchani koʻrgazmamizga taklif etamiz!
​ Videoni tomosha qiling va asrlar ortidagi sirli haqiqatlarni adib kitoblari bilan birga kashf eting!