Sun'iy intellektdan ish jarayonida samarali foydalanish
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun seminar-trening
"Sun'iy intellektdan ish jarayonida samarali foydalanish"
Zamonaviy texnologiyalar davrida sun'iy intellekt ish unumdorligini oshirish, vaqtni tejash va kundalik vazifalarni yanada samarali bajarishda muhim vositaga aylanmoqda.
Ushbu seminar davomida ishtirokchilar:
Sun'iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishdilar;
Ish jarayonida AI vositalaridan samarali foydalanish usullarini o'rgandilar;
Hujjatlar, taqdimotlar, matnlar, rasmlar va videolarni AI yordamida tez va sifatli tayyorlashni amaliy misollar orqali ko'rib chiqdilar;
Kundalik ishlarni avtomatlashtirish va unumdorlikni oshirish bo'yicha foydali tavsiyalarni oldilar.
Seminarning asosiy maqsadi — xodimlarning raqamli ko'nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy sun'iy intellekt texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda ish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishdir.
AKT xizmati