Umumiy

"Abdulla Avloniy – ma'rifat va taraqqiyot fidoyisi" mavzusida bibliografik sharh

10 Jul, 2026 22 ko'rildi

bibliografiya_xizmati
 "Abdulla Avloniy – ma'rifat va taraqqiyot fidoyisi" mavzusida bibliografik sharh
 Abdulla Avloniy tavalludiga bagʻishlab "Abdulla Avloniy – ma'rifat va taraqqiyot fidoyisi" mavzusida bibliografik sharh hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.  Tadbir davomida slayd-taqdimot asosida adibning hayoti, pedagogik va ma'rifiy faoliyati, jadidchilik harakatidagi o‘rni hamda boy adabiy merosi haqida batafsil ma'lumot berildi.  Abdulla Avloniyning ilm-fan, axloq, ma'rifat va Vatan ravnaqi yo‘lida olib borgan faoliyati keng yoritildi.  Sharh jarayonida adibning "Turkiy guliston yoxud axloq", "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni" kabi asarlari mazmuni, ularning tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.  Shuningdek, kutubxona fondidagi Abdulla Avloniy asarlari va u haqidagi adabiyotlardan iborat kitob ko‘rgazmasi namoyish etilib, kitobxonlarga tavsiya qilindi.