Kitob tavsiyasi

Hazrat Gʻavsul Aʼzam Islom olamidagi kuchli ilohiyotchi donishmandlardan biridir

09 Jul, 2026 19 ko'rildi

bibliografiya_xizmati 
Hazrat Gʻavsul Aʼzam Islom olamidagi kuchli ilohiyotchi donishmandlardan biridir. Urgutning Gʻus qishlogʻida uning nomi bilan bogʻliq muqaddas ziyoratgoh mavjud. "Samariya" kitobidagi maʼlumotga qaraganda baʼzilari bu joyda Gʻavsul Aʼzamning mozori bor, ayrimlar bu yer uning qadamjoyi boʻlsa kerak deb hisoblaganlar. Adabiyotshunos A. Abdurahmonov hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining aʼzosi X. Nurlarning ushbu risolasida Gʻavsul Aʼzam taʼlimotining Urgut bilan bogʻliq tomonlari, uning jamiyatimiz kishilarini maʼnaviy jihatdan tarbiyalashdagi ahamiyati yoritilgan.
N.Olimova