Pushkin - Ertaklar
BOLAJONLAR UCHUN KITOB TAVSIYASI
Aziz bolajonlar va hurmatli ota-onalar!
Sizlarni buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkinning "Ertaklar" kitobini mutolaa qilishga taklif etamiz.
Ushbu kitobda ezgulik va yovuzlik, jasorat, do‘stlik, mehr-oqibat hamda halollik kabi insoniy fazilatlar qiziqarli va sehrli voqealar orqali yoritilgan. Har bir ertak bolalarning tasavvurini boyitadi, kitobga mehr uyg‘otadi va yaxshilik sari intilishga chorlaydi.
Nima uchun aynan ushbu kitobni o‘qish tavsiya etiladi?
Rang-barang ertaklar olami
Esda qolarli qahramonlar
Sodda va qiziqarli uslub
Tarbiyaviy ahamiyatga ega mazmun
Keling, farzandlarimiz bilan birgalikda ertaklar olamiga sayohat qilaylik va mutolaa zavqini his qilaylik!
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi