Umumiy
Qiziqarli kutubxonada -154-maktab oʻquvchilari
06 Jul, 2026
30 ko'rildi
"Qiziqarli kutubxonada"
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 154-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida qiziqarli ekskursiya bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchilar kutubxonaning faoliyati, undagi boy kitob fondi hamda zamonaviy axborot-resurs markazi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga o‘zbek va jahon adabiyotiga oid nodir asarlar, tarixiy manbalar hamda elektron resurslar haqida batafsil ma’lumot berildi.